«favqulodda holat» tegli maqolalar


Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat muddatidan oldin bekor qilindi
21 iyul 2022, 09:29

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat muddatidan oldin bekor qilindi

Chorshanba kuni kechqurun parlament prezidentning Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holat tartibini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini ma’qulladi.

Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holatning amal qilishi tugatildi
20 iyul 2022, 21:03

Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holatning amal qilishi tugatildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini 21 iyuldan tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Nukus voqealarida vafot etganlar soni 3 kishiga ortdi
18 iyul 2022, 15:20

Nukus voqealarida vafot etganlar soni 3 kishiga ortdi

Nukusdagi voqealar oqibatida halok bo‘lganlar soni yana 3 kishiga ko‘paydi, deya xabar berdi Bosh prokuratura. 16 kishi kasalxonada qolmoqda. Fuqarolar, tashkilotlar va infratuzilmaga yetkazilgan zarar 3,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi
13 iyul 2022, 17:03

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi

Qoraqalpog‘istonda komendantlik vaqti 23 dan soat 5 ga qadar etib qisqartirilmoqda, bunga qadar soat 21 dan soat 7 gacha edi. Respublikadagi vaziyat barqarorlashgani tufayli prezident hududda favqulodda holat rejimini yumshatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Qoraqalpog‘istonda 2 avgustgacha favqulodda holat joriy etildi
2 iyul 2022, 23:27

Qoraqalpog‘istonda 2 avgustgacha favqulodda holat joriy etildi

Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etildi.

Olmaota va Mangistauda favqulodda holat joriy qilindi
5 yanvar 2022, 03:11

Olmaota va Mangistauda favqulodda holat joriy qilindi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan Olmaota shahri va Mangistau viloyatida ikki haftalik favqulodda holat joriy qildi.

Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
18 dekabr 2021, 17:34

Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Prezident «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, bu butun mamlakatda umumiy — 2 oygacha, respublikaning ayrim hududlarida esa — 4 oygacha favqulodda holat joriy etishga imkon beradi. Favqulodda cheklovlar qatoriga — kommendantlik soati, karantin, OAVlar faoliyati va fuqarolar harakatlanishi erkinligini cheklash, qolaversa, jamoat tartibi muhofazasini kuchaytirish va ommaviy tadbirlarni taqiqlash kiradi.

Senat favqulodda holat to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni tasdiqladi
19 noyabr 2021, 11:53

Senat favqulodda holat to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni tasdiqladi

Senat «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunni tasdiqladi. Qonun favqulodda holatni joriy etish shartlari va tartibi, qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, fuqarolar huquqlarining kafolatlari, sudlar faoliyati va boshqa masalalarni tartibga soladi. Qonunga ko‘ra, mamlakat hududida favqulodda holat muddati 30 sutkadan oshmasligi kerak va bu muddat faqat prezident farmoni bilan uzaytirilishi mumkin, farmon esa parlament tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan favqulodda vaziyat joriy etiladi
8 iyul 2021, 10:15

Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan favqulodda vaziyat joriy etiladi

23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlarining ochilishi rejalashtirilgan Tokioda koronavirus tufayli 12 iyuldan 22 avgustgacha favqulodda vaziyat e’lon qilinadi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boshchiligida tomoshabinlar sonidagi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Hindistonda muzlik ko‘chishi natijasida 170 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qoldi
8 fevral 2021, 10:24

Hindistonda muzlik ko‘chishi natijasida 170 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qoldi

Hindistonda muzlik ko‘chishi natijasida 14 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi, 170 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Indoneziyadagi zilzila va suv toshqini qurbonlari soni 96 kishiga yetdi
18 yanvar 2021, 11:34

Indoneziyadagi zilzila va suv toshqini qurbonlari soni 96 kishiga yetdi

Indoneziyada sodir bo‘lgan 6,2 balli zilzila va suv toshqini oqibatida 96 kishi halok bo‘ldi. 70 mingdan ortiq aholi uylarini tark etdi.

Tokioda favqulodda holat joriy etildi
7 yanvar 2021, 14:44

Tokioda favqulodda holat joriy etildi

COVID-19 ning tarqalashi sababli Yaponiya poytaxti Tokioda 8 yanvardan boshlab favqulodda holat e’lon qilindi. Ovqatlanish joylariga cheklovlar belgilash, xodimlarni masovafiy ish tartibiga o‘tkazish va ommaviy tadbirlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Yunusobod metrosi qurilishidagi favqulodda holat bo‘yicha jinoyat ishi qanday yakun topdi?
24 dekabr 2020, 15:02

Yunusobod metrosi qurilishidagi favqulodda holat bo‘yicha jinoyat ishi qanday yakun topdi?

2019 yilning dekabr oyida Yunusobod metro liniyasi qurilishida tuproq o‘pirilishi natijasida 6 kishi halok bo‘lgan edi. Toshkent prokuraturasining «Gazeta.uz» so‘roviga javobida ilk bor favqulodda holat yuz berishida sababchi bo‘lgan to‘rt nafar mutaxassisning nomini ochiqladi. Idora nima sababdan ularga nisbatan ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmasdan jinoyat ishi tugatilganiga izoh berdi.

Ofatlar oqibatida yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov undirilmaydi
23 oktabr 2020, 13:30

Ofatlar oqibatida yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov undirilmaydi

2021 yildan boshlab ofatlar oqibatida yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov undirilmaydi. Ular davlat hisobidan tiklab beriladi.

O‘zbekistonda favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun tayyorlanmoqda
9 oktabr 2020, 23:54

O‘zbekistonda favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun tayyorlanmoqda

Deputatlar «Favqulodda holat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi. Shunga o‘xshash loyiha 2016 yilda ham ishlab chiqilgan, ammo qabul qilinmagan edi. Mamlakatda koronavirusga qarshi cheklov choralari qo‘llanilishi bilan favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun zarurligi dolzarb bo‘lib qoldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting